Kino haqida
Ota va qiz hayotlarida bir-birlari uchun eng aziz insonlardir. Baxtli, tinch, kichik oila. Hammasi shu oilaning otasi Odilga tuhmatdan boshlanadi. Odil boshqargan bank egasi bankni oโzi talon-taroj qiladi va aybni Odilning zimmasiga yuklaydi. Odilga qilingan tuhmatda uning sevimli ayolining roli katta. Odil o'zining aybsizligini isbotlay olmaydi va shuning uchun qamoq jazosiga hukm qilinadi. Qizi Derin bolalar uyiga topshiriladi. Ota va qiz endi bir-birini ko'ra olmaydi. Yolg'iz o'tkazgan yillar davomida Derin otasining aybiga ishona boshlaydi. Qamoqxonada Odilning faqat bir istagi bor edi, Derin uning begunohligini tushunishi. Derin butun haqiqatni bilib olishi uchun Odil unga xat yozadi...